Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noma'lum erkak Tramp xonasiga kirib, u yerda selfiga tushdi
Noma'lum erkak AQSh prezidenti Donald Trampning qo‘riqchilari yonidan bildirmasdan o‘tib ketib, uning Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohidagi ishchi xonasiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Erkak xonada selfiga tushgach, u yerni tark etgan. Bu haqda New York Post nashri xabar bermoqda.
Erkak Trampning xonasida tushgan suratini ijtimoiy tarmoqda chop etgan va unga "Selfi qilish uchun maxsus xizmat yonidan o‘tib ketdik. Ular bizga u yerga bormasligimizni aytishlari mumkin edi" deb izoh qoldirgan.
Erkak keyinroq bu postini o‘chirib tashlagan, biroq uning surati internetda tarqalib ketishga ulgurgan va noma'lum kishiga AQSh prezidenti xonasiga kirishga ijozat bergan maxsus xizmat ishiga ko‘plab savollar tug‘dirgan.
Avvalroq maxfiy xizmat agentining mashinasidan milliy xavfsizlikka tegishli muhim ma'lumotlar saqlangan noutbuk o‘g‘irlab ketilgandi. O‘g‘ri hanuzgacha topilmagan.
Mavzuga oid
13:04 / 24.09.2023
Toshkentda poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan yigitni tok urdi
22:46 / 01.11.2021
Dunyoda 13 yil davomida selfi olish vaqtida 400ga yaqin odam halok bo‘lgan
11:01 / 28.09.2021
Toliblarga oq krossovka kiyish va selfi qilish taqiqlab qo‘yildi
11:19 / 21.01.2021