Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidentini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonni Navro‘z bayrami bilan qutlab, tabrik telegrammasini jo‘natdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Tabrik telegrammasida jumladan shunday deyiladi: "O‘z qadimiyligi va ajoyib go‘zalligi bilan ajralib turuvchi Navro‘z azaldan O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari mentalitetining, an'ana va ezgu intilishlarining o‘ziga xosligi va yaqinligini gavdalantirib kelmoqda…Bu bayram, shuningdek, O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini bir-birini qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro manfaatlar hisobga olingan qat'iy tamoyillar asosida har tomonlama kuchaytirishga sodiqligimiz ramzi hamdir. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi qo‘shnichilik va uzoq muddatli har tomonlama hamkorlik bundan buyon ham mustahkamlanib borishiga ishonaman».
Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmon va uning oilasiga farovonlik hamda baxt, sog‘lik-salomatlik, yangidan-yangi muvaffaqiyatlar, tojik xalqiga esa tinchlik, gullab-yashnash va yanada rivojlanishni tilagan.
Mavzuga oid
18:41 / 02.04.2026
Tojikiston prezidenti oziq-ovqat narxlari «misli ko‘rilmagan darajada» oshishidan ogohlantirdi
20:14 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroda to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi
15:27 / 27.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi
14:10 / 27.03.2026