Jahon | 17:50 / 20.03.2017
20243
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya OAV «haqiqiy» Jyek Chumchuqni topganini da'vo qilmoqda

Turkiyaning Daily Sabah gazetasi «Karib dengizi qaroqchilari» filmining bosh qahramoni Jyek Chumchuq (Jack Sparrow)ning «haqiqiysi» haqida hikoya qilmoqda. Nashrga ko‘ra, katta ehtimol bilan kinematografistlar uchun Jyek Mitti qush nomi bilan mashhur bo‘lgan kapitan Jyek Uord namuna bo‘lgan. 

U 1553 yillar atrofida Angliyada tug‘ilgan. Dengizchining bolalik va o‘smirlik davrlari haqida ma'lumotlar kam, ammo uning keyingi hayoti haqida qo‘shiqlar va balladalar bitilgan. 

Uord afsonaviy qaroqchiga aylangan. Yakunda Islom dinini qabul qilib, umrining so‘nggi yillarida Usmoniylar davlatiga xizmat qilgan. Qaroqchi Tunisda hayotdan ko‘z yumgan. 

«O‘z vaqtida xit bo‘lgan Hollivud filmi negizida tarixiy haqiqat yotadi», – deb yozadi gazeta.

Mavzuga oid