Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAdan AQShga bo‘lgan reyslarda elektron qurilmalarni olib o‘tish taqiqlandimi?
Amirliklarning Etihad Airways va Emirates aviakompaniyalari ayni damda AQShga uchayotgan samolyotlar bortiga elektron qurilmalarni olib chiqishga taqiq kiritmagan, deb xabar bermoqda Arabian Business nashri.
Avvalroq Reyter agentligi AQSh hukumati seshanba kuni taxminan o‘n davlatdan Qo‘shma Shtatlarga uchayotgan samolyotlar bortiga elektron qurilmalarni olib o‘tishga taqiq kiritmoqchi ekani haqida xabar bergandi. Shu bilan birga, taqiq Amerika aviakompaniyalariga tegishli bo‘lmaydi. Britaniyaning Guardian gazetasi AQSh transportdagi xavfsizlik ma'muriyati 13 davlat avikompaniyasidan yo‘lovchilarni salonda uyali telefon hajmidan katta bo‘lgan elektron qurilmalarni olib o‘tishiga taqiq qo‘yish haqida maxfiy ravishda talab qilgani haqida yozgandi.
Assoshieyted Press agentligining o‘z manbalariga asosan xabar berishicha, AQShga uchayotgan samolyotlar portida elektron qurilmalarni olish o‘tish borasidagi vaqtinchalik taqiq Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlariga tegishli bo‘ladi, cheklov taxminan 8-10 ta xorijiy aviakompaniyani qamrab oladi.
Etihad Airways esa ayni damda kompaniyaning bu masala bo‘yicha “siyosatida hech qanday o‘zgarish yo‘q ekani”ni ma'lum qildi.
"Biz Abu Zabidagi AQShning tegishli idoralari bilan bojxona va aeroportdagi chegara xizmati orqali ishlaymiz", - deya aytib o‘tdi aviakompaniya vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya qandaydir o‘zgarishlar yuz bersa, “yo‘lovchilarni bu haqda xavfsizlik nuqtai nazaridan ogohlantiradi”.
Emirates aviakompaniyasi vakili so‘zlariga ko‘ra, kompaniya “ayni damda AQShga qo‘lda olib o‘tiladigan yuklarga oid o‘zgarishlar haqida hech qanday bildirishnoma olmagan”.
"Emirates tegishli idoralar tomonidan taqdim etilgan yangi tezkor va normativ talablarni bajaradi", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
22:44 / 01.07.2026
BAA mulkiy tengsizlik darajasi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026