Jahon | 18:07 / 21.03.2017
6726
1 daqiqa o‘qiladi

Husni Muborakning uyiga qaytgani tasdiqlanmadi

Misrning sobiq prezidenti Husni Muborakning advokati Farid ad-Dib o‘z himoyasidagi siyosatchining Qohiradagi harbiy gospitaldan chiqib, uyiga qaytgani haqidagi xabarni tasdiqlamadi. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatgan.

«Yo‘q, Muborak hali klinikani tark etmadi, u uyiga qaytmagan. OAVda shu haqda tarqatilgan ma'lumot asosli emas. Bunday xabarlar avval ham tarqatilgan, bu odatdagi dezinformatsiya», — degan advokat.

U Husni Muborakka gospitaldan qachon javob berilishi ma'lum emasligini bildirgan.

Bundan avvalroq Youm7 nashri Muborakning oilasiga yaqin manbaga asoslangan holda uning uyiga qaytib kelgani haqida xabar tarqatgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid