Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak 21 mart kuni Qohiradagi harbiy gospitalni tark etdi va uyiga qaytdi. Bu haqda uning oilasiga yaqin manbalarga asoslangan holda "Youm7" naşri xabar tarqatdi.

Naşr xabariga köra, uni maxsus tibbiyot avtomobilida Gelipolis tumanidagi uyiga yetkazişgan. Unga rafiqasi Syuzan Sabet hamda öğli Jamol hamrohlik qilgan. 

2 mart kuni Misr sudi Husni Muborakni 2011 yilgi isyon vaqtida namoyişçilarning ölimida aybdor emas deb topgandi.

14 mart kuni Misr Boş prokuraturasi sudning qarorini ma'qulladi.

Muborak 2011 yilning 28 fevral kuni, katta xalq noroziligi fonida öz iste'fosi haqida e'lon qilganidan söng uy qamoğiga joylaştirilgandi. 

89 yoşli Muborak umumiy hisobda 3 yilni qamoqxona va kasalxonada örtasida ötkazdi. Sobiq prezident yana uç yil Qohiraning Maadi tumanidagi harbiy gospitalda bölgan.

Husni Muborakning advokati mijozini oqlovçi muhim dalilini keltirdi

Misr sudi Husni Muborakni oqladi