Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beeline Xalqaro mijozlar kunini nishonladi
Eng yirik aloqa operatori Beeline butun respublika bo‘ylab 20 mart kuni Xalqaro mijozlar kunini nishonladi. Beeline’ning shaxsiy savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida abonentlarga maslahatchilar bilan bir qatorda kompaniyaning top-menejyerlari va filial rahbarlari xizmat ko‘rsatdilar.
Voqeani sharhlar ekan, Unitel’ning mijozlar tajribasi loyihasini rivojlantirish bo‘yicha rahbari Yekaterina Bakiyeva shunday dedi: “Maqsadimiz — mijozlarning haqiqiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda abonentlar uchun yanada yaqin, qulay va tushunarli bo‘lish. O‘tgan yilda biz taqdim etilayotgan xizmatlarni yaxshilash va xizmat ko‘rsatish qulayliklari sifatini oshirish bo‘yicha ishlar olib bordik. Bu ishlar hozir ham davom etmoqda”.
Xalqaro mijozlar kuni 2010 yildan beri nishonlanib kelmoqda. Bu yangilik butun dunyo bo‘ylab tez tarqadi, va uni minglab kompaniyalar va tadbirkorlar qo‘llab-quvvatladilar. Beeline ikki yildan beri mijozlar bayramini keng nishonlamoqda.




Mavzuga oid
15:55 / 08.08.2025
Endi Beeline foydalanuvchilari kunlik abonent to‘lovi yechish xizmatini o‘zlari boshqara oladi
18:00 / 07.08.2025
Omnikanalli platformalar – mijoz bilan muloqotning yaqin kelajagi
11:41 / 11.06.2025
Raqobat qo‘mitasi Beeline kompaniyasiga abonent to‘lovi masalasida ko‘rsatma berdi
16:00 / 23.10.2024