Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berdimuhammedovga voris yetishib chiqmoqdami?
Turkmaniston parlamenti (Majilis) mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning o‘g‘li Sardor Berdimuhammedovni qonunchilik va normalar qo‘mitasi raisi etib sayladi. Bu haqda «Turkmenistan segodnya» agentligi xabar tarqatdi.
Sardor Berdimuhammedov 2016 yilning noyabrida parlament deputatiga aylangandi. Undan oldinroq esa Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlagan.
Ba'zi manbalarga ko‘ra, Sardor Berdimuhammedov 2008-2011 yillarda Rossiya TIV qoshidagi Diplomatik akademiyaning xalqaro munosabatlar fakultetida ta'lim olgan. U 2014 yil avgustida Turkmaniston Fanlar akademiyasida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 1 yil o‘tib, 2015 yil yozida esa doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan va texnika fanlari doktori darajasini olgan.
Qayd etish mumkinki, Markaziy Osiyoda hukumatni vorislarga qoldirishga intilish holatlari kuzatilmoqda. Respublikalar rahbarlarining farzandlari hukumatda rahbar lavozimlarni egallashi bunga dalildir. Xususan, Tojikistonda Emomali Rahmonning o‘g‘li Rustam Emomali Aksilkorrupsiya agentligini boshqaradi, qizi Ozoda Rahmon esa prezident ma'muriyati rahbari hisoblanadi. Qozog‘istonda prezident Nursulton Nazarboyevning qizi Darig‘a Nazarboyeva mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari lavozimini egallagan.
Mavzuga oid
19:32 / 01.04.2026
Shveytsariya Markaziy Osiyo uchun 200 mln dollarlik dasturni ishga tushirdi
19:21 / 30.03.2026
Tadqiqot: Markaziy Osiyo daryolari muzliklarga bog‘liq holda o‘zgarish bosqichida
17:30 / 25.03.2026
Qo‘shtepa, Orol, Rog‘un va suv tanqisligi – vazir bilan suhbat
09:04 / 23.03.2026