Turkmaniston parlamenti (Majilis) mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning öğli Sardor Berdimuhammedovni qonunçilik va normalar qömitasi raisi etib sayladi. Bu haqda «Turkmenistan segodnya» agentligi xabar tarqatdi.

Sardor Berdimuhammedov 2016 yilning noyabrida parlament deputatiga aylangandi. Undan oldinroq esa Turkmaniston Taşqi işlar vazirligi tizimida işlagan.

Ba'zi manbalarga köra, Sardor Berdimuhammedov 2008-2011 yillarda Rossiya TIV qoşidagi Diplomatik akademiyaning xalqaro munosabatlar fakultetida ta'lim olgan. U 2014 yil avgustida Turkmaniston Fanlar akademiyasida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 1 yil ötib, 2015 yil yozida esa doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan va texnika fanlari doktori darajasini olgan.

Qayd etiş mumkinki, Markaziy Osiyoda hukumatni vorislarga qoldirişga intiliş holatlari kuzatilmoqda. Respublikalar rahbarlarining farzandlari hukumatda rahbar lavozimlarni egallaşi bunga dalildir. Xususan, Tojikistonda Emomali Rahmonning öğli Rustam Emomali Aksilkorrupsiya agentligini boşqaradi, qizi Ozoda Rahmon esa prezident ma'muriyati rahbari hisoblanadi. Qozoğistonda prezident Nursulton Nazarboyevning qizi Dariğa Nazarboyeva mamlakat boş vaziri örinbosari lavozimini egallagan.