Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston hukumati naqd puldagi hisob-kitoblar qiymatini cheklashni taklif qildi
Hindiston hukumati naqd pulda amalga oshiriluvchi istalgan hisob-kitobni 200 ming rupiy (3 ming dollar) bilan cheklashni taklif qildi. Bu qiymatdan ko‘proq bo‘lgan naqd hisob-kitoblarni jarimaga tortish rejalashtirilmoqda. Hindiston hukumatining bu tashabbusi haqida mamlakat moliya vazirligining davlat sarf-xarajatlari departamenti boshlig‘i Xasmukx Adxia tvitterda ma'lum qildi.
"Moliya qonun loyihasiga rasmiy tuzatishlarda hukumat naqd puldagi hisob-kitoblar chegarasini 300 ming rupiydan 200 ming rupiygacha kamaytirishni taklif qildi, bu chegaradan oshuvchi hisob-kitoblar noqonuniy deb topiladi", deb yozgan Adxia. Uning aytishicha, bu me'yor buziladigan bo‘lsa, jarima miqdori to‘langan naqd pul miqdoriga teng bo‘lishi kerak.
Hindiston hukumati fevralda 1 apreldan 300 ming rupiydan oshuvchi naqd puldagi istalgan hisob-kitoblar jinoyat deb hisoblanishiga erishmoqchiligi ma'lum qilingandi. Hukumatning aytishicha, bu chora korrupsiya va nopok yo‘l bilan orttirilgan mablag‘larga qarshi kurashga qaratilgan.
Korrupsiyaga qarshi taklif qilinayotgan bu chora Hindiston hukumati tomondan 2016 yil noyabrda boshlangan siyosatning davomi bo‘ladi. Ushbu siyosatga ko‘ra, Hindistonda eng ko‘p aylanuvchi 500 va 1000 rupiylik banknotalar muomaladan chiqarilgan. Buning oqibatida mamlakatda naqd pul yetishmasligi muammosi vujudga kelgan. Biroq hukumatning ta'kidlashicha, faqat keskin choralar bilangina korrupsiyani yengish mumkin.
Mavzuga oid
13:08 / 23.03.2026
O‘zbekiston Hindiston bilan biznes aloqalarni faollashtirishga kirishdi
20:21 / 20.03.2026
Hindiston kompaniyasi O‘zbekiston qishloq hududlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlashda hamkorlikni taklif etdi
16:09 / 19.03.2026
Kiyev Hindistondan qo‘lga olingan ukrainaliklarni ozod etishni so‘ramoqda
09:12 / 19.03.2026