Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyadagi parlament saylovlarining rasmiy natijalari e'lon qilindi
Niderlandiya saylov komissiyasi mamlakatda o‘tgan parlament saylovlarining rasmiy natijalarini e'lon qildi. Ma'lum qilinishicha, saylovlarda mamlakat bosh vaziri Mark Ryutte boshchiligidagi "Ozodlik va demokratiya xalq partiyasi" g‘olib bo‘ldi. Bu haqda NU.nl nashri ma'lum qildi.
Yakuniy natijalar 16 martda e'lon qilingan dastlabki natijalarga nisbatan deyarli o‘zgarmagan.
Bosh vazir partiyasi 150 o‘rinlik parlamentda 33 ta o‘rin oldi. Partiya 2012 yilgi saylovlardagiga nisbatan 8 ta o‘rin kam olgan.
Gert Vildersning "Ozodlik partiyasi" 20 ta o‘rin oldi va parlamentda deputatlar soni bo‘yicha 2-raqamli partiya bo‘ldi.
"Mehnat partiyasi" 9 ta o‘rin, "66 demokratlari" 7 ta o‘rin olgan.
Yangi parlamentda 5 yil avvalgidan kamroq ayollar bo‘ladi (39 foizga nisbatan 36 foiz). Parlament saylovlaridagi davomat 1986 yildan beri rekord darajada bo‘ldi: saylovlarda 81,9 foiz ovoz beruvchilar ishtirok etgan.
Mavzuga oid
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
09:00 / 09.06.2026
Armaniston yevropacha kelajakni tanladi - YeI rahbarlari
19:11 / 08.06.2026