Jahon | 00:41 / 22.03.2017
5233
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha mudofaa vaziri Yevropa kengashi rahbari Tuskni diplomatik xiyonatda aybladi

Foto: RIA

Polsha mudofaa vaziri Antoni Macherevich mamlakatning milliy prokuraturasini Polshaning sobiq bosh vaziri, Yevropa kengashining amaldagi rahbari Donald Tusk tomondan Rossiyaning Smolenskida yuz bergan aviafalokatning tergov qilinishida jinoyat sodir etilgan bo‘lishi mumkinligidan xabardor qildi.

Ma'lum qilinishicha, ayblov diplomatik xiyonat deb ataluvchi modda bilan bog‘liq. Ogohlantirishda aytilishicha, Tusk bu xiyonatni Polsha bosh vaziri bo‘lgan vaqtda Smolenskdagi aviafalokat sababi va tafsilotlarini aniqlash bilan bog‘liq ravishda 2010 yil 10 apreldan 2017 yil 20 sentabrgacha amalga oshirgan bo‘lishi mumkin. 

Diplomatik xiyonat aynan nimaga asoslanganligi ma'lum qilinmagan. 

Avvalroq Macherevich Polsha harbiy kontrrazvedkasi xizmati ham Tusk Smolenskda falokatga uchragan samolyot ta'mirlashiga tanlov o‘tkazganda jinoyat sodir etgan bo‘lishi mumkinligi bo‘yicha prokuraturaga shikoyat berganini ma'lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2010 yilda Polshaning o‘sha vaqtdagi prezidenti Lex Kachinskiyning Tu-154 samolyoti "Smolensk-Severnyy" aeroportiga qo‘nish vaqtida halokatga uchragan. Samolyot bortida 96 kishi: 88 yo‘lovchi, jumladan Kachinskiy va ekipajning 8 a'zosi bo‘lgan. Ular Katindagi motam marosimiga ketayotgan bo‘lganlar. Falokat oqibatida samolyotdagi barcha odamlar halok bo‘lgan.

2011 yilda Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi samolyotning falokatga uchrashiga bevosita sabab samolyot ekipajining zaxira aerodromiga borishni istamagani bo‘lganini ma'lum qilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid