Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 22 mart kunining ikkinchi yarmida davlat tashrifi bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Tashrif doirasida Ostona shahrida O‘zbekiston Milliy sanoat ko‘rgazmasi, ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining nufuzli delegatsiyalari ishtirokida biznes-forum o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo qator muhim hujjatlar, O‘zbekiston – Qozog‘iston hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan salmoqli shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
09:42
Ostona va Samarqand o‘rtasida aviareyslar soni ko‘payadi
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
17:11 / 22.06.2025
Qozog‘istonda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
20:07 / 30.05.2025