Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN Tramp yordamchilarini aybladi
CNN telekanali nomi oshkor etilmagan manbalarga tayanib AQSh prezidenti Donald Tramp xodimlarini Hillari Klinton bo‘yicha ma'lumotlarni oshkor etishda “Rossiya bilan muvofiqlikda ish olib borishda” aybladi.
"FQBda Donald Tramp xodimlari gumonlanayotgan rossiyalik agentlar bilan Hillari Klintonning kampaniyasiga zarar keltiruvchi ma'lumotni tarqatish bo‘yicha muvofiqlikda ish olib borish uchun muloqot qilganiga oid ma'lumot bor. Bu haqda CNN’ga AQSh rasmiy shaxslari xabar qildi", - deya ma'lum qildi telekanal.
Uning ma'lumotiga ko‘ra, FQB shaxsiy uchrashuvlar haqidagi razvedka ma'lumotlari, ish hujjatlari, telefon suhbatlari yozuvlari va xabarlariga ega. "Ma'lumot FQB aksilrazvedka tergovchilarida shubha uyg‘otmoqda. Rasmiy shaxslar ma'lumot haqiqatdan biroz yiroqligi va tergov davom etayotgani haqida ogohlantirishmoqda", - deya ta'kidlaydi telekanal.
CNN nomi ochiqlanmagan manbalarga tayangan hamda hech qanday dalil-isbot va ismlarni keltirmagan.
FQB direktori Jyeyms Komi mahkama “Trampning Rossiya bilan aloqalari” hamda AQShdagi saylovlarga “Rossiya ta'siri” yuzasidan surishtiruv o‘tkazayotganini tasdiqladi, biroq bu borada batafsil ma'lumotlarni keltirmadi.
Rossiya Amerika maxsus xizmatlarining AQShdagi saylovlarga ta'sir o‘tkazish borasidagi harakatlarni amalga oshirganligi yuzasidan qo‘ygan ayblovlarini bir necha bora rad etdi. OAVga sizib chiqqan ma'lumotlar esa Kreml tomonidan haqiqatdan yiroq, deya ataldi. Ularni Oq uy ham rad etdi.
Mavzuga oid
21:33 / 02.07.2026
Xalqaro Buker mukofoti nomi rossiyalik milliarder sharafiga o‘zgartiriladi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
11:21 / 02.07.2026