Sport | 22:57 / 23.03.2017
6129
1 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 saralash. Yaponiya va Saudiyada g‘alaba, Avstraliya ochko yo‘qotdi

JCh-2018 saralash bosqichining Osiyo mintaqasidagi V guruhida 6-tur uchrashuvlari nihoyasiga yetdi.

Tailandga safar uyushtirgan Saudiya Arabistoni terma jamoasi mehmonlar darvozasini uch bor nishonga olishga muvaffaq bo‘ldi. Avstraliya esa Iroq uyida safar uyushtirib g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

Guruhning markaziy uchrashuvida esa BAA termasi Yaponiyani qabul qildi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Ushbu natijalardan keyin Yaponiya va Saudiya Arabistoni jamoalari 13 ochko to‘plagan holda guruhda yetakchilikni qo‘lga olishdi. Avstraliya terma jamoasi hisobida 10, BAA esa 9 ochko mavjud.

JCh-2018 saralashi, Osiyo mintaqasi
«B» guruhi, 6-tur

Tailand – Saudiya Arabistoni – 0:3 (0:1)
Gollar: 
Ash-Shahlaviy (26), Kesarat (84, avtogol), Al-Muvashshar (90+2). 

Iroq  – Avstraliya  – 1:1 (0:1)
Gollar: 
Ahmad Yosin (76) – Leki (40)

BAA – Yaponiya – 0:2 (0:1)

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid