Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon va Krasnoyarsk oliy ta'lim hamda tibbiyot muassasalari o‘rtasida amaliy hamkorlik o‘rnatilishi mumkin
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori Viktor Tolokonskiy bilan hamkorlik muzokaralarini o‘tkazdi. Unda ikki mamlakatning madaniy-gumanitar, turizm, sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimlaridagi hamkorlik istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.
Ushbu sohadagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat ekani qayd etildi:
⦁ madaniy-gumanitar hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan ikki mamlakatda ham madaniyat kunlarini tashkil qilish, mintaqalarida o‘tkaziladigan xalqaro festivallar va boshqa madaniy tadbirlarda raqs dastalari, musiqiy va ijodkor jamoalarining ishtiroki;
⦁ ikki mintaqa oliy ta'lim muassasalari va tibbiyot muassasalari o‘rtasida amaliy hamkorlik o‘rnatish;
⦁ mintaqalardagi yetakchi sayyohlik operatorlari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish.
Shu o‘rinda Rossiya fuqarolarining O‘zbekistondagi Samaraqand, Buxoro, Xiva, Toshkent va boshqa shaharlarga bo‘lgan qiziqishi katta ekanligi ta'kidlab o‘tildi. Mazkur yo‘nalishda turizmning ekologik, rekreatsion, gastronomik, madaniy-tarixiy va boshqa turlarini rivojlantirish bo‘yicha katta istiqbollar mavjudligi qayd etildi.
Mavzuga oid
14:02 / 26.12.2025
O‘zbekiston asosiy xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni yanada kengaytiradi
11:40 / 26.12.2025
Prezident: “Sharq va G‘arb o‘rtasida hamkorlik ko‘priklarini quryapmiz”
19:07 / 07.06.2025
Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi
16:59 / 08.04.2025