Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston U-22 Qatar yoshlarini mag‘lubiyatga uchratdi
Shu kunlarda Qatar poytaxti Doha shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazayotgan O‘zbekiston U-22 terma jamoasi bugun Qatar U-22 termasiga qarshi bahs olib bordi.
“Hamad Bin Xalifa” stadionida o‘tkazilgan bellashuvda Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi jamoa 3:1 hisobida zafar quchdi. O‘zbekiston U-22 safida barcha gollarga Zabihillo O‘rinboyev mualliflik qildi.
O‘zbekiston U-22 terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini Kanada yoshlariga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin 25 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Mazkur o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini Jasur Abduraimov jamoasi uchun 2018 yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Qatar, Doha
23 mart, payshanba
Qatar U-22 – O‘zbekiston U-22 — 1:3
Gollar: Zabihillo O‘rinboyev (1, 55, 60)
O‘zbekiston: Botirali Ergashev (Umid Ergashev, 85), Rustam Ashurmatov, Doston Tursunov, Husniddin G‘ofurov (Islom Qobilov, 85), Abdujamol Isroilov (Xojiakbar Alijonov, 85), Aziz G‘aniyev (Hurshid G‘iyosov, 52), Jasur Yaxshiboyev (Begzod G‘anijonov, 75), Jamshid Yusupov (Javohir Siddiqov, 29), Javohir Kahramonov (Dostor Ibragimov, 75), Akramjon Komilov (Xushnudbek Avilov, 85), Zabihillo O‘rinboyev (Andrey Sidorov, 75).
Mavzuga oid
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
09:07 / 04.03.2026
Qatarda Eron korpusi foydasiga josuslikda gumonlangan o‘n kishi qo‘lga olindi
17:36 / 02.03.2026
“Qatarliklarning Erondan jahli chiqqan” – Dohadagi o‘zbek ishchi
14:13 / 02.03.2026