Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzmobile 2021 yilga qadar mobil aloqa bozorida yetakchilikni qo‘lga kiritmoqchi
O‘zbekiston milliy aloqa operatori Uzmobile o‘z abonentlari sonini 11 million kishiga yetkazishni maqsad qilgan. 2021 yilga kelib esa kompaniya bu ko‘rsatkich bilan O‘zbekistondagi mobil aloqa bozorida yetakchi o‘ringa chiqishi lozim. Bu haqida kompaniyaning tijorat direktori o‘rinbosari Marat Smagin xabar qildi.
Ekspertlar hisobi bo‘yicha, ayni damda respublikada mobil aloqa foydalanuvchilarining umumiy soni 22-23 million kishini tashkil qiladi.
Mutaxassisning xabar berishicha, besh yildan so‘ng mamlakatda potensial abonentlar soni 25 million kishiga yetishi bashorat qilinmoqda. Kompaniya ham ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mijozlar bazasini teng ravishda oshirib boradi.
"Ikki yillik xizmat davomida ayni damda abonentlarimiz soni bir million kishiga yetdi. Kelgusida o‘z abonentlarimiz sonini nafaqat yangi xizmatlar, tarif rejalar, aksiyalar va maxsus bonusli taklif joriy qilish hisobiga, balki raqobat uchun mutlaqo yangicha yondashuv ishlab chiqish bilan ham oshirib boramiz", — qayd etdi Marat Smagin.
Mavzuga oid
13:10 / 01.11.2017
Alisher Usmonovga tegishli MegaFon Uzmobile bilan kelishuv imzoladi
17:26 / 23.06.2017
UZMOBILE «ZiyoNet» tarmog‘i resurslariga imtiyozli ulanish imkoniyatini taqdim etadi
12:24 / 05.06.2017
Uzmobile’ga ishga kiritishni va'da qilib, 1,5 ming dollar olgan firibgar ushlandi
00:18 / 26.04.2017