Milliarder Alişer Usmonovning tuzilmalari tomonidan nazorat qilinuvçi MegaFon uyali aloqa operatori Uzmobile milliy uyali aloqa operatori bilan kelişuv imzoladi. Bu haqda Özbekiston kompaniyasi axborot xizmati xabar berdi.

Hujjatda GSM standartida ovozli, SMS va internet-rouming xizmatlarini taqdim etiş közda tutilgan.

«Bu ikki operatorning abonentlariga öz xarajatlarini optimallaştiriş va Özbekiston hamda Rossiyada bölgan vaqtlarida ovozli muloqot, xabarlar almaşiş va internet-trafikni sarflaşni sezilarli darajada kamaytiriş imkonini beradi. Bu xizmat nafaqat Özbekistonda, balki undan taşqarida ham hamyonbop muloqot uçun qöşimça omil bölib xizmat qiladi», - deya ta'kidlangan xabarda.