
Özbekiston milliy mobil aloqa operatori 16 iyundan yangi xizmat yölga qöyilganini ma'lum qiladi.
«ZiyoNET» nima?
«ZiyoNET» milliy jamoat axborot ta'lim tarmoği bundan 10 yil avvalroq Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasi jamoat ta'lim axborot tarmoğini taşkil etiş töğrisida” 2005 yil 28 sentabrdagi PQ-191 son qaroriga muvofiq taşkil etilgan.
«UzMobayl» filiali Sizga «Ziyo Net» ijtimoiy tarifini yölga qöyilganini mamnuniyat bilan ma'lum qiladi. Bundan maqsad ilmu-fan va ta'limdan madaniyat va san'atgaça, sport va köngiloçarliklardan biznes, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda tibbiyotgaça bölgan turli hil foydali saytlarni taqdim etiş orqali yoşlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi darajasini oşiriş.
Ta'lim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarni joriy etiş maqsadida yölga qöyilgan bugungi kunda Özbekistonda eng yirik foydali loyiha hisoblanadi. Loyiha katalogida köplab: ilm va ta'limdan madaniyat hamda san'atgaça, sport va köngiloçar materiallardan biznes, zamonaviy axborot texnologiyalar hamda tibbiyotgaça yönalişlari mavjud: Ziyonet sayti reyestri nafaqat mahalliy, balki çet el resurslarini ham birlaştiradi. Portaldagi elektron kutubxonada özbek, rus, ingliz, qoraqalpoq va boşqa tillarda kitoblar, darsliklar, öquv va uslubiy qöllanmalar, taqdimot, ma'lumotnoma hamda referatlar mavjud. Ta'limiy dasturlar öquvçilar va talabalarga ham, bolalarga ham möljallangan bölib, ularga kelajakda zarur böladigan bilim asoslari bilan yengil öyinli şaklda tanişişlariga yordam beradi.
Kutubxonada köplab jiddiy asarlar mavjud — Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi xodimlari mazkur bilimlar bazasiga ilmiy jurnallar, byulletenlar va nomzodlik hamda doktorlik dissertatsiyalari hamda ularning avtoreferatlarini kiritadilar.
Uzmobile — «ZiyoNet» yangi xizmati
Bunday katta bilimlar bazasi barkamol şaxs tarbiyasida muhim ahamiyatga molik bölişi, şuningdek, har bir insonga uni qiziqtirgan axborotni topişida yordam berişi mumkin. Biroq buning uçun mazkur bilimlar zaxirasiga ulaniş oson va qulay bölişini ta'minlaş zarur.
Albatta, foydalanuvçi uçun foydali bölişi zarur. Buning uçun Uzmobile kompaniyasi xodimlari tomonidan maxsus «ZiyoNet» xizmati işlab çiqildi. Buning evasiga kompaniyaning smartfonga ega har bir abonenti milliy ta'lim tarmoğiga imtiyozli ravişda ulaniş imkoniyatiga ega böladi. 16 iyundan xizmatni faollaştirgan mobil operator GSM-abonentlari uçun Ziyonet resurslarida trafikning 1 Mb bor-yöği 0,002 $ ni taşkil etadi.











