2016 yilning 8 iyul kuni noma'lum şaxs, Yakkasaroy tumani hududida fuqaro Surayyo Bobirovaning (jabrlanuvçining anketa ma'lumotlari özgartirilgan) işonçiga kirib, uni “Uzmobile” uyali aloqa kompaniyasiga işga joylaştirişni va'da qilib, aldov yöli bilan undan 1.500 AQŞ dollari miqdoridagi pul mablağlarini qölga kiritganidan söng, hodisa joyidan yaşiringan, deb xabar bermoqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya'ni özganing mulkini aldaş va işonçni suiiste'mol qiliş yöli bilan qölga kiritiş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan edi.
Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyat muqaddam firibgarlik bilan bir neça marotaba sudlangan, 1981 yilda tuğilgan Abduhamid Abduvaxitoviç Abdullayev tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.
Abdullayevga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.
Yuqoridagi şaxsning xatti-harakatidan jabr körganlar bölsa, “102” telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi içki işlar idoralariga murojaat etişlari mumkin.












