Milliy aloqa operatori Uzmobile uyali aloqa xizmatlari sifatini mobil laboratoriyalar yordamida tekşiriş böyiça keng miqyosdagi dasturni işlab çiqişni boşladi.
Hozirda kompaniya Finlyandiyaning taniqli Anite Finland ölçov uskunalarini keltirmoqda. Uning yordamida barça zamonaviy CDMA 450, 2G/3G/4G mobil standartlarda sifatni nazorat qiliş imkoni paydo böladi. Şuningdek, u öz içiga telekommunikatsiya bozoridagi eng zamonaviy mahsulotlardan biri NEMO Invex II ni oladi. Mazkur ölçov majmui Özbekistonning barça hududlarida paydo böluvçi zamonaviy mobil laboratoriyalar asosida yotadi. U orqali aloqa sifatini qiyosiy baholaş mumkin.
Bundan taşqari, ölçov uskunalari boği drayv-test tizimi bilan töldiriladi. Ulardan esa aloqa xizmati sifatini köçalardagi harakat vaqtida, temir yöllar va yöl çekkasida, tunnellarda, şuningdek, piyodalar hududi va bino içida ham nazorat qiliş uçun foydalaniladi. Ötkazilayotgan tekşiruv va ölçovlar asosida mobil aloqalarning turli standartlarida tarmoqni doimiy optimallaştiriş közda tutilgan.











