Jamiyat | 18:42 / 25.03.2017
10637
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda shoir internetdagi she'ri tufayli qamaldi

Birlashgan Arab Amirliklaridan bo‘lgan shoir internetda “nomaqbul” she'rni e'lon qilingani tufayli uch oyga ozodlikdan mahrum etildi hamda jarimaga tortildi. Bu haqda Khaleej Times nashri xabar berdi.

Shoir Abu Zabi birinchi instansiyadagi federal sudi tomonidan uch oyga qamaldi hamda 250 ming dirxam miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi. U BAAning internetdagi jinoyatlar va jamoat tartibini buzish bo‘yicha qonuniga zid xatti-harakatni amalga oshirishda aybdor deb tan olindi.

Sud qaroriga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqda e'lon qilingan she'r “BAA qadriyatlari, shuningdek etika va diniy normalarga ziddir”.

She'r aynan nima haqida bo‘lgani noma'lum.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid