Moskvaning Tver tuman sudi «Mayakovskiy öqişlari» şe’riy keçalari iştirokçilari, şoirlar Artem Kamardin va Yegor Ştovbani uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qildi. «Novaya gazeta - Yevropa»ning muxbiri xabar berişiça, Kamardin yetti yilga, Ştovba esa beş yarim yilga qamalgan.
«Novaya-Yevropa» qayd etişiça, sud 33 yoşli Kamardin va 23 yoşli Ştovbani «LXR» va «DXR» qurolli tuzilmalari a’zolariga qarşi adovat qözğatişda, şuningdek, davlat xavfsizligiga qarşi qaratilgan faoliyatga çaqiriqlarda aybdor deb topdi. «Mediazona» xabariga köra, Kamardin 500 ming rubl jarimaga ham tortilgan, qarorni sudya Kseniya Panova qabul qilgan.
Sudlanuvçilarning tarafdorlari «Mayakovskiy işi | Kamardin, Dayneko, Ştovba» Telegram-kanalida aniqlik kiritişiça, hukm e’lon qilinganidan keyin ba’zi eşituvçilar, xususan, Artem Kamardinning rafiqasi Aleksandra Popova «Uyat!» deb baqirgan. Şundan söng u va yana bir neça kişi sud zalida uşlangan. Jurnalistlar doxil qölga olişlar sud oldidagi köçada davom etdi. Biroz vaqt ötgaç, muxbirlar avtozakdan çiqarib yuborildi.
Donbass haqidagi şe’r uçun yetti yil qamoq
2022 yil 25 sentabrda Kamardin va Ştovba Moskvadagi Triumfalnaya maydonida şoir Vladimir Mayakovskiy haykali yonida bölib ötgan «Mayakovskiy öqişlari» şe’r keçalarida iştirok etdi. Kamardin Donbass haqidagi şe’rlarni öqidi. Buning ertasiga u politsiya xodimlari tomonidan qölga olingan, kaltaklangan va uning sözlariga köra, zörlangan, şundan söng u kamera oldida keçirim söraşga majbur bölgan. Köp ötmay, xavfsizlik kuçlariga yaqin bölgan «112» Telegram-kanalida uzr söralgan video paydo böldi.
Dastlab Kamardin va Ştovbaga nisbatan «LXR» va «DXR» qurolli tuzilmalari a’zolarini kamsitganlik uçun iş oçilgan, deb yozadi «Mediazona». 2023 yil mart oyida ayblov davlatga qarşi faoliyatga çaqiriş haqidagi moddaga özgartirilgan. Kamardinning jinoyati şundan iboratki, şe’rida çaqiruv qoğozlarini olmaslik va ular asosida harbiy komissarlikka bormaslikni tavsiya qilgan. Ştovbani uning şerigi deb atalgan.
Iş böyiça uçinçi ayblanuvçi - şoir Nikolay Dayneko may oyida tört yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. «Memorial» inson huquqlari markazi jamoasi har uçala şoirni - «Mayakovskiy işi» iştirokçisini siyosiy mahbuslar röyxatiga kiritdi.








