Jahon | 00:27 / 26.03.2017
11878
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiyaning yana bir qator tashkilotlariga nisbatan sanksiyalar kiritdi

Foto: AP

AQSh hukumati Rossiyaning yana 8 ta tashkilotiga nisbatan sanksiyalar kiritishga qaror qildi. Bu tashkilotlar AQShning Eron, Shimoliy Koreya va Suriya bilan aloqa qilmaslik qonunini buzganlikda ayblanmoqdalar.  

Ma'lumotlarga ko‘ra, qora ro‘yxatga quyidagi tashkitlotlar kiritilgan: "Rosoboroneksport" AJ, "150-y aviatsionnyy remontnyy zavod" AJ, "Aviaeksport" tashqi iqtisodiy uyushmasi, "Nauchno-proizvodstvennoye ob'yedineniye "Bazalt" AJ, "Nauchno-proizvodstvennaya korporatsiya "Konstruktorskoye byuro mashinostroyeniya" AJ, aviatsiya marshali B.P.Bugayev nomidagi Ulyanov fuqarolik aviatsiyasi instituti, Fuqarolik aviatsiyasining Ural o‘quv-mashg‘ulot markazi, professor N.Ye.Jukovskiy va Yu.A.Gagarin nomidagi harbiy-havo akademiyasi.

Bu tashkilotlarning barchasiga qo‘yilayotgan e'tirozlar aynan nimadan iboratligi ma'lum qilinmagan. 

Ushbu sanksiyalar ikki yillik muddatga kiritilmoqda va AQShning istalgan vazirligi yoki muassasasi tomondan qora ro‘yxatga kirgan tashkilotlardan mahsulotlar va xizmatlar sotib olinishiga, Vashington tomondan ularga qurol-aslaha va harbiy texnika sotishga, ularga mahsulotlar xarid qilish uchun AQSh litsenziyalarining berilishiga, ularga yordam berishga taqiqlovni ko‘zda tutadi. Shu bilan birga AQSh davlat kotibi Reks Tillerson agar lozim deb topsa, bu sanksiyalar amal qilishini bekor qilishi mumkin. 

Mavzuga oid