Jahon | 18:54 / 26.03.2017
31435
4 daqiqa o‘qiladi

Kun sanasi: Vladimir Putinning prezidentligiga 17 yil to‘ldi

Bugun RF davlat rahbari Vladimir Putinning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganiga 17 yil to‘ldi. 2000 yil 26 martdagi saylovlar muddatidan avval o‘tkazilgan, Federatsiya kengashi Rossiya prezidenti Boris Yeltsinning iste'fosi tufayli shunday qaror qabul qilishiga to‘g‘ri kelgan. Bu paytga kelib, Putin Rossiya davlat rahbari vazifasining bajaruvchisi hisoblanardi. Yeltsinning qo‘llab-quvvatlashi va uning atrofidagilar Putinga yordam berishdi. 2000 yilgi saylovlardagi boshqa nomzodlar orasida RFKPdan Gennadiy Zyuganov, RLDPdan Vladimir Jirinovskiy, "Yabloko"dan Grigoriy Yavlinskiy va mustaqil nomzod Aman Tuleyev kabilar bo‘lgan. Vladimir Putinning saylovlardagi g‘alabasi 17 yil ilgari Rossiyada yangi siyosiy davrni boshlab berdi. "Gazeta.ru" nashri 2000 yil 26 martdagi prezidentlik saylovlariga oid fotojamlanmasini taqdim etdi

Vladimir Putin Katta Kreml saroyidagi Andreyev zalida bo‘lib o‘tgan inauguratsiyada qasamyod qilmoqda. O‘ng tomonda - Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yeltsin, 2000 yilning 7 mayi

Rossiya prezidenti Boris Yeltsin davlat rahbari lavozimini tark etishi haqida e'lon qilib, prezident vazifalarini bajarish vakolatini RF hukumati raisi Vladimir Putinning zimmasiga yukladi. Yeltsin 1999 yilning 31 dekabrida RF prezidenti saylovlari 2000 yilning mart oyi oxirida bo‘lib o‘tishini e'lon qilgan

2000 yil 26 martidagi saylovlarda RF prezidenti vazifasini bajaruvchi, Rossiya prezidenti lavozimiga nomzod Vladimir Putin va uning saylov shtabi rahbari Dmitriy Medvedev

2000 yilning 26 martida Rossiya prezidentligiga nomzod Vladimir Putin ishonchli vakillari bilan uchrashuvda

Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi yetakchisi, RF prezidentligiga nomzod Gennadiy Zyuganov 2000 yil 26 martdagi saylovlarda jurnalistlar orasida

Rossiya prezidentligiga nomzod kinorejissyor Stanislav Govoruxin 2000 yildagi saylovlarda 

"Fuqarolik qadr-qimmati uchun" harakati raisi Ella Pamfilova 2000 yil 26 martdagi saylovlarda Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida qayd etilgan. Chap tomonda RF Markaziy Saylov Komissiyasi raisi Aleksandr Veshnyakov

Samara viloyati gubernatori, Konstantin Titov - 2000 yil 26 martdagi saylovlardagi prezidentlikka yana bir nomzod

RF prezidentligiga nomzod, "Yabloko" jamoat birlashmasi raisi Grigoriy Yavlinskiy matbuot vakillari bilan muloqot qilmoqda

2000 yil 26 martdagi RF prezidentligiga nomzod, ishbilarmon Umar Jabroilov

"Saylovlar-2000" yoshlar aksiyasi ishtirokchilari Kaliningraddagi Baltiya Davlat Akademiyasi o‘quv korpusiga kiraverishda. Bu yerdagi saylov uchastkasida ovoz bergan 18-25 yoshlilarning har biri yutuqli lotereya qatnashchisiga aylangan. Aktsiya tashkilotchisi - Kaliningrad viloyatining Yosh saylovchilar klubi

Saylov uchastkalarining biridagi ovozlarni hisoblash

"Saylovlar-2000" Federal Axborot Markazi 2000 yilning 26 martidan 27 martiga o‘tar kechasi ovoz berishning borishi haqidagi ma'lumotlarni qabul qilmoqda

RF Markaziy Saylov Komissiyasi raisi Aleksandr Veshnyakov "Saylovlar-2000" Federal Axborot Markazida

RF Kommunistik partiyasi yetakchisi, prezidentlikka nomzod Gennadiy Andreyevich Zyuganov (o‘rtada) "Saylovlar-2000" Federal Axborot Markazida

"Saylovlar-2000" Federal Axborot Markazi ish jarayonida

RF prezidentligiga nomzod Yuriy Skuratov Federal Axborot Markazida jurnalistlar bilan suhbatda o‘z mag‘lubiyatini mablag‘ yetishmovchiligi va tashkiliy tuzilmalarning yo‘qligi bilan izohlagan

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid