Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp tarafdorlarining namoyishi ommaviy mushtlashuv bilan tugadi
AQSh prezidenti Donald Tramp tarafdorlarining Kaliforniya shtatidagi Xantington-Bich shahridagi namoyishi prezident tarafdolari va unga qarshi chiqayotganlarning ommaviy mushtlashuvi bilan tugadi.
Los Angeles Times nashrining yozishicha, mushtlashuv Trampga qarshi chiqayotganlardan biri namoyish tashkilotchilaridan biri bo‘lgan ayolning yuziga garmdori gazi purkagandan keyin boshlangan. Tramp tarafdorlari vaziyatga aralashishgandan keyin mushtlashuv chiqib ketgan.
Mushtlashayotganlarni politsiya ajratishiga to‘g‘ri kelgan. Oqibatda 2 kishi jarohat olgan, bir necha kishi hibsga olingan. Ulardan 3 nafari garmdori gazi qo‘llagani, qolganlari esa qoidabuzarliklar sodir etganliklari uchun hibsga olinganlar.
Namoyishda Tramp tarafdorlari 2 mingga yaqin kishini tashkil qilgan, unga qarshi chiqayotganlar esa ancha kamchilikni tashkil qilgan.

Mavzuga oid
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
00:10 / 25.04.2026
AQShda 60 metr balandlikdan yiqilgan ayol tirik qoldi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026