Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO sun'iy yo‘ldosh va kompyuter dasturlariga 3 mlrd yevro ajratadi
NATO o‘zining sun'iy yo‘ldosh dasturlarini takomillashtirish va kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish, shu jumladan kibernetika himoyasini yaxshilashga 3 mlrd yevro miqdorida mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 1,7 mlrd yevro qo‘shinlar, kemalar va dronlarni yaxshiroq qo‘llab-quvvatlash maqsadida sun'iy yo‘ldosh aloqa ishlariga sarflanadi. Yana 800 mln yevro evaziga RQM (raketalarga qarshi mudofaa) va HHH (havo hujumidan himoya)ga mas'ul kompyuter tizimlari takomillashtiriladi. 71 mln yevro kibertahdidlarga qarshi yo‘naltiriladi.
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyansning 2016 yilga doir hisobotida qayd etishicha, tashkilotga a'zo 27 davlatning AQShdan tashqari mudofaa maqsadlariga sarflagan mablag‘i YaIMning 3,8 foizini tashkil etgan va 2015 yil bilan taqqoslaganda 1,47 foizga ko‘proq bo‘lgan. AQShning 2016 yilda NATO uchun sarflagan mablag‘i 45,9 foizdan iborat bo‘lgan. NATOning 28 mamlakati 2016 yilda jami 892 mlrd dollar yo‘naltirgan.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026