Sport | 09:25 / 27.03.2017
2725
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha Chernogoriyani mag‘lub etdi, Ruminiya-Daniya o‘yinida g‘olib aniqlanmadi

Polsha terma jamoasi JCh-2018 saralash bahslari doirasida Chernogoriyani mag‘lub etdi. Podgoritsadagi «Pod Goritsom» stadionida kechgan bellashuv mehmonlar foydasiga 2:1 hisobida yakunlandi.

Robert Levandovski uchrashuvning 40-daqiqasida hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Stefan Mugosha hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, bahs yakunida Lukash Pishchek o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Ye guruhining boshqa uchrashuvida esa Ruminiya va Daniya termalari nursiz durang qayd etishdi – 0:0.

Ye guruhida besh turdan keyingi holat: 1. Polsha — 13 ochko; 2-3. Daniya va Chernogoriya — 7tadan; 4-5. Armaniston va Ruminiya — 6tadan; 6. Qozog‘iston — 2.

Chernogoriya – Polsha 1:2 (0:1, 1:1) 

Gollar: 0:1 – 40 Levandovski, 1:1 – 63 Mugosha, 1:2 – 82 Pishchek.
Chernogoriya – Bojovich, Shofranats, Stoykovich, Savich, Veshovich, Shchekich (Jorjyevich, 86), Vukchevich, Koyashevich (Ivanich, 81), Bechiray, Mugosha, Marushich (Vuchinich, 90).
Polsha – Fabianski, Pishchek, Glik, Yendjyeychik, Pazdan, Zelinski, Monchinski (Chonek, 90), Blashchikovski, Linetti (Teodorchik, 78), Grositski (Peshko, 90), Levandovski.
Ogohlantirish: Savich (38), Mugosha (40), Veshovich (41), Shofranats (48), Glik (69).
 
Ruminiya – Daniya 0:0 (0:0, 0:0)

Ruminiya – Teterushanu, Kirikesh, Toshka, Sepunaru, Latovlevich (Rotaryu, 76), Marin, Pintiliy, Stanchu, Benzar, Kipchu (Ivan, 86), Kesheryu (Alibek, 63).
Daniya – Shmeyxel, Ankersen, Vestergor, Ker (Yorgensen, 46), Durmisi, Eriksen, Kvist, Shene (Breytueyt, 69), Dileyni, Kristensen, Kornelius.
Ogohlantirish: Kornelius (45), Ankersen (60), Pintiliy (90).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid