Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:52 / 28.03.2017
5034
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh va Xitoy yetakchilari uchrashadigan sana va joy ma'lum qilindi
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Tszinpin bilan 6-7 aprel kunlari Floridada uchrashadi. Bu haqda xabardor manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, uchrashuv Trampning Mar-a-Lago qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Ta'kidlanishicha, bu Tramp va Xitoy raisi o‘rtasidagi ilk uchrashuv bo‘ladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish