Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 20:09 / 28.03.2017
33018
1 daqiqa o‘qiladi
Messi Argentinaning keyingi o‘yinlarini televizor qarshisida tomosha qiladi
FIFA intizomiy qo‘mitasi Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining JCh-2018 saralashi doirasida Chiliga qarshi o‘yindagi xatti-harakati yuzasidan qaror chiqardi.
O‘yin oxirida hakam assistentini haqorat qilgan 29 yoshli futbolchi Argentinaning keyingi 4 uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Bundan tashqari Messiga 9350 yevro miqdorida jarima yozilgan.
Ushbu jazo bugundan kuchga kiradi va Messi Boliviyaga qarshi o‘ynamasligi aniq. U jahon chempionati saralashi doirasidagi yana 3 uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish