Argentina terma jamoasi hujumçisi Lionel Messi FIFA tomonidan diskvalifikatsiya qilinişi mumkin. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.

Bundan avvalroq, OAVda JÇ-2018 saralaşi doirasida Argentinaning Çiliga qarşi uçraşuvi vaqtida Messi qanot hakamlaridan birini haqorat qilgani haqida xabar qilingan edi. 

Bu ma'lumot FIFAga ham yetkazilgan, federatsiya Argentina terma jamoasidan bu borada izoh söragan. AFA esa buni tasdiqlaydigan isbot yöqligini ma'lum qilgan.

Şundan söng FIFA uçraşuvda işlagan braziliyalik hakamlar brigadasiga murojaat qilgan. Ular bir ovozdan Messidan haqoratli sözlar eşitişmaganini aytişgan.

FIFA esa hakamlar bu xabarni tasdiqlamagan bölsada futbolçini jazolaş huquqiga egaligini eslatib ötgan.