Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Jon Kennedining qizini ishdan olmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp dushanba kuni mamlakatning Yaponiyadagi yangi elchisi nomzodini taklif qildi, deb xabar berdi Oq uy.
Tramp senatga tasdiqlash uchun tadbirkor Uilyam Frensis Xagerti nomzodini ilgari surdi. U Hagerty Peterson and Company sarmoya va konsalting firmasi asoschisi bo‘lib, Tennessi shtati hukumatida ishlagan.
Yaponiyadagi hozirgi elchi Kerolayn Kennedi bu lavozimda 2013 yildan beri ishlaydi. U Barak Obama tomonidan elchi etib tayinlangan. Kerolayn – prezident Jon Kennedi va uning rafiqasi Jaklin Kennedining qizi hisoblanadi.
Avvalroq Tramp ma'muriyati AQShning xorijdagi siyosiy tayinlov asosida ish olib boruvchi elchilari o‘zgartirilishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026