Jamiyat | 15:25 / 28.03.2017
6411
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Qizaloq suv isitish qurilmasini robot deb o‘yladi

Reddit’ning shadeogreen taxallusi ostidagi foydalanuvchisi o‘zining qizi tasvirlangan videoni taqdim etdi. Reyna ismli qizcha ishdan chiqqan suv isitish qurilmasini robot deb qabul qilgan.

Aftidan, qizcha tepada o‘rnatilgan ventilyator tufayli xato fikrga borgan hamda uni ko‘zlar deb o‘ylagan. Reyna “robot” bilan salomlashishga urindi, biroq u hech qanday javob qaytarmadi. Shunda qizcha suv isitish qurilmasining yon tomonini quchoqlab, ikki bora “Men seni yaxshi ko‘raman, vobot!” deb aytdi. 

“Skynet bizga hujum qilganida, ularga shu videoni ko‘rsating”, - deya yozdi foydalanuvchilardan biri.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid