Koreyaga onlayn anketa to‘ldirish sayti bugun ham “qimirlamayapti”?
Kecha, 28 mart kuni saytimiz orqali shu kunlarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan test-migration.uz sayti orqali Janubiy Koreyaga ishlashga ketish uchun onlayn anketa to‘ldirish boshlab yuborilgani haqida ma'lum qilgan edik. Ayrim sabablarga ko‘ra, kecha mazkur sayt ishlamay qolgan edi. Bunga foydalanuvchilar oqimining ko‘payishi sabab etib ko‘rsatildi. Vaziyat bilan yaqindan tanish manbaning saytimizga xabar berishicha, sayt 29 mart kuni soat 9:00dan 18:00ga qadar ishlashi zarur edi. Bu muammoni bartaraf etishga zarur mutaxassilar jalb etilgani ham aytilgandi. Ammo mazkur sayt aytilgan kun ham ishlamayapti.
Ma'lumotlarga ko‘ra, sayt ishlamayotgani uchun 200 00 61 ishonch raqamlariga qilingan qo‘ng‘iroqlar ham javobsiz qolmoqda. Go‘yo, “yaxshisi tinchgina javob bermagan ma'qul”, degan yo‘lga o‘tib olishgandek. Mazkur vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumotlar esa hech bir manbada ko‘rsatilmagan.
Biz-ku mayli, vaziyat yuzasidan ma'lumot olish va uni o‘quvchilarimizga yetkazish maqsadida urinib ko‘rdik. Biroq bu holat Janubiy Koreyaga borib ishlashni maqsad qilgan, bu ishga astoydil kirishgan fuqarolarning vaqti, asabi, mablag‘i borasida turli muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Sayt ishlamayotgan bo‘lsa, turli ijtimoiy tarmoqlar orqali ham mazkur vaziyatga oydinlik kiritilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki ayni kunlarda internetdan aksari o‘zbekistonliklar faol foydalanishadi. O‘ylaymizki, barchasi ko‘ngildagidek davom etadi.
Mavzuga oid
02:35
NBC: Janubiy Koreya prezidenti Tramp bilan uchrashuv oldidan golf mashg‘ulotlarini qayta boshladi
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
12:38 / 11.11.2024
Alisher Abdusalomov Janubiy Koreya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
00:08 / 11.11.2024