Keça, 28 mart kuni saytimiz orqali şu kunlarda Özbekiston fuqarolari tomonidan test-migration.uz sayti orqali Janubiy Koreyaga işlaşga ketiş uçun onlayn anketa töldiriş boşlab yuborilgani haqida ma'lum qilgan edik. Ayrim sabablarga köra, keça mazkur sayt işlamay qolgan edi. Bunga foydalanuvçilar oqimining köpayişi sabab etib körsatildi. Vaziyat bilan yaqindan taniş manbaning saytimizga xabar berişiça, sayt 29 mart kuni soat 9:00dan 18:00ga qadar işlaşi zarur edi. Bu muammoni bartaraf etişga zarur mutaxassilar jalb etilgani ham aytilgandi. Ammo mazkur sayt aytilgan kun ham işlamayapti.
Ma'lumotlarga köra, sayt işlamayotgani uçun 200 00 61 işonç raqamlariga qilingan qönğiroqlar ham javobsiz qolmoqda. Göyo, “yaxşisi tinçgina javob bermagan ma'qul”, degan yölga ötib olişgandek. Mazkur vaziyat yuzasidan qöşimça ma'lumotlar esa heç bir manbada körsatilmagan.
Biz-ku mayli, vaziyat yuzasidan ma'lumot oliş va uni öquvçilarimizga yetkaziş maqsadida urinib kördik. Biroq bu holat Janubiy Koreyaga borib işlaşni maqsad qilgan, bu işga astoydil kirişgan fuqarolarning vaqti, asabi, mablaği borasida turli muammolarni keltirib çiqarişi mumkin. Sayt işlamayotgan bölsa, turli ijtimoiy tarmoqlar orqali ham mazkur vaziyatga oydinlik kiritilsa, maqsadga muvofiq böladi. Çunki ayni kunlarda internetdan aksari özbekistonliklar faol foydalanişadi. Öylaymizki, barçasi köngildagidek davom etadi.










