Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi kuni haqida xabar berildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 aprel kuni davlat tashrifi bilan Moskvada bo‘ladi. Bu haqda «Kommersant'» nashri xabar bergan.
27 mart kuni Moskvada Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari — stats-sekretar Grigoriy Karasin O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Saidikrom Niyozxo‘jayev bilan Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifini muhokama qilgandi.
Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi tashrifga tayyorgarlik ko‘rilayotganini tasdiqlagan, biroq aniq sana ma'lum qilinmagan.
Qayd etish kerakki, bu Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti sifatida Rossiyaga ilk tashrifi bo‘ladi. Prezident Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Mirziyoyev Moskvadagi Pushkin nomidagi muzeyda «Nukus xazinasi. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san'at muzeyi to‘plamlaridan namunalar» ko‘rgazmasi ochilishida qatnashishi ko‘zda tutilgani aytilgan.
Tashrif davomida savdo-iqtisodiy hamkorlik, harbiy-texnikaviy aloqalar, shuningdek, madaniyat va turizm sohasidagi munosabatlar muhokama qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
13:56 / 08.01.2026
Sobiq deputat Rossiya Konstitutsiyaviy sudida “chet el agentlari” haqidagi qonunga qarshi chiqdi
15:07 / 29.12.2025
Moskvada dronlar sabab 312 ta aviareys kechiktirildi va bekor qilindi
16:12 / 27.12.2025
“Meduza” asoschisi Timchenko sirtdan 5 yilga koloniyaga hukm qilindi
10:25 / 27.12.2025