Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 53 yoshli ayol tug‘ilgan kunida o‘z o‘g‘lini o‘ldirib qo‘ydi
26 mart kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi xonadonlardan birida mast ahvolda bo‘lgan ayol tug‘ilgan kunida o‘z o‘g‘lini o‘ldirib qo‘ygan. Toshkent IIBB tomonidan o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilinishicha, u qotillikni oshxona pichog‘ida sodir etgan.
Ayol uyida yolg‘iz yashagan. Tug‘ilgan kun marosimiga 35 yoshli o‘g‘li tashrif buyurgandi. Ayol bundan xursand bo‘lgan, ular birgalikda spirtli ichimlik iste'mol qilishgan.
Ko‘p vaqt o‘tmasdan o‘rtada nizo chiqqan. Onaning ta'kidlashicha, o‘g‘li uni bo‘g‘moqchi bo‘lgan. U o‘zini himoyalash uchun oshxona pichog‘i bilan o‘g‘lining ko‘krak qafasiga tig‘ urgan. O‘g‘il olingan jarohatlar tufayli jon bergan.
Toshkent shahri katta prokurori Erkin Yusupovning ma'lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan Sergeli tumani prokuraturasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochgan. Ushbu moddaga ko‘ra, qasddan amalga oshirilgan qotillik uchun 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanadi.
Ayni vaqtda tergov ishlari davom etmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ayol qotillik vaqtida qattiq mast bo‘lgan va nima ish qilganini eslay olmaydi.
Mavzuga oid
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
17:53 / 11.05.2026