O‘zbekiston | 18:46 / 30.03.2017
4588
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Ural va o‘zbek tadbirkorlari muzokaralar o‘tkazdi

29 mart kuni Janubiy-Ural savdo-sanoat palatasida tashrif doirasida janubiy urallik va o‘zbekistonlik tadbirkorlar biznes muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar bermoqda.

Namangan viloyati biznesi vakillari bilan uchrashuvda Janubiy Uralning faoliyatning turli sohalaridagi 50 kompaniyasi rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

Janubiy-Ural savdo-sanoat palatasi prezidenti Fedor Degtyarev shunday dedi: «Bugun forum doirasida o‘tkazilgan biznes muzokaralar natijalari bo‘yicha respublikada bizning traktorlarimizni yig‘ish bo‘yicha ishlab chiqarishni ochish, Toshkent aeroporti uchun radionavigatsiya qurilmasini yetkazib berish masalalari ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, Chelyabinsk viloyatining olti korxonasi O‘zbekiston elchixonasining energetika sohasidagi «yashil» texnologiyalarni yetkazib berish murojaatiga javob qaytarishdi».

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarovning ta'kidlashicha, Rossiya va O‘zbekiston nafaqat yirik korxonalar, balki kichik va o‘rta biznes sub'yektlari ishtirokidagi hamkorlik bo‘yicha katta istiqbolga egalar.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondan bo‘lgan kompaniyalar janubiy urallik tadbirkorlar bilan tashqi savdo aylanmasini oshirish, sarmoyalar jalb etish, qo‘shma biznes-loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qalin aloqalarni yo‘lga qo‘yish niyatida.

Hokim Namangan viloyatining sifatli tikuv va meva-sabzavot mahsulotini ishlab chiqarish bo‘yicha imkoniyati haqida ma'lumot berdi.

«Albatta, tadbir ikki tomonlama teng huquqlilik, o‘zaro tushunish va ishonch prinsiplariga asoslangan munosabatlarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi», - deya aytib o‘tdi Xayrullo Bozarov.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid