Jamiyat | 22:39 / 31.03.2017
7209
2 daqiqa o‘qiladi

2016 yil Toshkentda aliment undirish bo‘yicha 306ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Prezident tashabbusi bilan haftaning har payshanbasi “Profilaktika kuni” sifatida o‘tkazilishi - huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, ta'lim muassasalari va mahalla yig‘inlarining o‘zaro qonunbuzarlikka qarshi harakatlari yig‘indisidir. 

30 mart kuni Yunusobod tumanidagi 6-mavzening mahalla fuqarolar yig‘inida Sud departamentining Toshkent shahar Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan “Aliment va qarzdorlikni kamaytirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilishda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, mahalla yig‘ini faollari va fuqarolar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni Sud departamentining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i S.Xidirov ochib berdi. Jumladan, Sud departamentining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tizimidagi sud ijrochilari tumanlari bo‘limida 2017 yilda jami 20411 tadan ortiq aliment va davriy to‘lovlar undiruvi bo‘yicha ijro hujjatlari mavjudligi aytib o‘tildi. Birgina, 2016 yil 24 sentabrdan 31 dekabrgacha bo‘lgan holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Bosh vazirining virtual qabulxonasiga kelgan murojaatlar 1705 tashkil etgan bo‘lsa, shundan 770 tasi aliment masalasiga oiddir. 

Undiruv sohasining samaradorligini oshirish maqsadida Sud departamentining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan 2016 yil 21 dekabrda “Toshkent shahrida ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari bo‘yicha davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qo‘shma qaror ishlab chiqilgan. Shu bilan bir qatorda departamentning surishtiruv sektori tomonidan o‘tgan 2016 yilda 306 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Yunusobod tumanida esa 56 (18,3 foiz) fuqaroga nisbatan jinoiy ish ochilgani ham ta'kidlandi.

Mavzuga oid