Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi sud Olmaota sobiq hokimiga qarshi da'vo arizasini ko‘rib chiqadi
Olmaota sobiq meri Viktor Xrapunov, uning oilasi a'zolari hamda ular soxta kompaniyalariga qarshi da'vo arizasi Kaliforniya shtati sudida ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Qozog‘iston adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mahkamadan eslatishlaricha, 2014 yilda Olmaota hokimiyati sobiq shahar hokimi Viktor Xrapunov, uning oilasi a'zolari va ularning AQSh hamda boshqa davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan soxta kompaniyalariga qarshi da'vo arizasini Kaliforniya shtati sudiga bergandi. Ariza oltita talabdan iborat bo‘lib, ular orasida uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya bilan kurash haqidagi qonunni buzish, Olmaota aholisi manfaatlari xizmat qolish borasidagi majburiyatlarga amal qilmaslik, o‘zganing mulkini noqonuniy ravishda egallab olish va shu maqsadda jinoiy til biriktirish kabilar bor.
"Xrapunovlar va ularning soxta kompaniyalari Kaliforniyada ko‘chmas mulk obektlari va qimmatbaho avtomobillarni Olmaota byudjyetidan o‘g‘irlangan mablag‘lar hisobidan sotib olishgan", - deya xabar berishgan mahkamada.
Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, Olmaota arizasi Kaliforniya shtati okrug sudi tomonidan rad etilgan. Qozog‘iston adliya vazirligi va hokimiyat Kaliforniya shtati apellyatsiya sudiga protest yuborishdi.
"Ikkinchi instansiya sudi Qozog‘iston Respublikasining bu talabini qondirdi va quyi pog‘ona okrug sudi qarorini bekor qildi. Endilikda Olmaota shahrining Xrapunovlarga qarshi da'vosi Kaliforniya shtati sudida ko‘rib chiqiladi", - deya xabar berishgan vazirlikda.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026