Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochgan haydovchi ushlandi
Noma'lum haydovchi avtomashinani Farg‘ona viloyati Toshloq tumanining Besholish mahallasida boshqarib ketayotib, piyoda 1977 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborib, voqea joyidan ketib qoldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jabrlanuvchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur yo‘l-transport hodisasini shu tumanda yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro Kamaz-5511 rusumli avtomashinada sodir etgani aniqlandi.
“Gumonlanuvchi ushlanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026