Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi “Xo‘ja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi xayriya tadbirida qatnashdi
Joriy yilning 29 mart kuni Toshkent shahar “Xo‘ja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi Rahimberdi Rahmonov shahrimizning “Kamolon” mahallasida yashovchi boquvchisini yo‘qotgan, e'tiborga muhtoj oilalar, keksalar xonadonlarini yo‘qlab, ularning xolidan xabar oldi. Imom-xatib keksalar duosini olib, ular doimo mahallaning ardog‘ida ekanliklarini bildirdi. Dinimizda inson sha'ni, qadr-qimmatining azizligi, ayniqsa, keksalar duosi saodat kaliti ekanligi, kundan-kunga obod bo‘lib borayotgan yurtimizda hech kim mehr-muruvvatdan chetda emasligini aytib o‘tdi.
“Allohga shukurki, mahallamiz qadimdan havasli manzillardan hisoblanib keladi. Bu yerdagi yurtdoshlarimiz huddi bir-birlariga qarindoshdek. Yaxshi kunlarida ham, yoki biror musibat onlarida ham o‘zaro yelkadosh bo‘lib, doim bir-birlarini qo‘llab kelishadi. Qo‘shnilar inoqlik va samimiyatda asl millatimiz birdamligini namoyon etadilar. Imom-domlamiz tashabbuslari, ko‘rsatmalari asosida doimiy ravishda o‘tkaziluvchi bu kabi ezgu ishlar ham so‘zimizga isbot bo‘la oladi”, - dedi “Kamolon” mahallasi raisi Baxtiyor Sultonov.





Mavzuga oid
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
13:20 / 15.05.2026
Turkistonda O‘zbekiston qurgan muhtasham masjid ochiladi
09:17 / 13.04.2026
Turkiyada O‘zbekiston ko‘magida qurilgan “Buxoro” masjidi ochildi
10:17 / 25.03.2026