O‘zbekiston | 22:30 / 31.03.2017
8374
1 daqiqa o‘qiladi

YuNeSKO vakolatxonasi rahbari O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

2017 yil 31 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekistondagi missiyasini yakunlayotgan BMTning ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNeSKO) vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston va YuNeSKO o‘rtasidagi munosabatlar holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

YuNeSKO vakolatxonasi rahbariga samarali faoliyati hamda O‘zbekiston va YuNeSKO o‘rtasidagi hamkorlikning yanada rivojlanishiga qo‘shgan salmoqli hissasi, ta'lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga oid amaliy masalalar yechimiga qaratilgan qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirishdagi ishtiroki uchun minnatdorchilik izhor etildi.

Pikkat O‘zbekistondagi YuNeSKO vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyati davomida unga ko‘rsatilgan har tomonlama ko‘mak uchun tashakkur bildirdi.

Mavzuga oid