Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ura-urachilik zamoni o‘tdi». Prezident televideniye haqida
30 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev belgilangan vazifalar ijrosi, tizimdagi muammolar va sohalarning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazdi.
Videoselektorda ishtirok etgan «Kun.uz» manbasining ma'lumot berishicha, Majlisda prezident televideniye faoliyatiga to‘xtalgan. Televideniye faoliyati tanqid qilingan va tizimni o‘zgartirish kerakligi ta'kidlangan. Bu sohada ahvol «eski hammom, eski tos» bo‘lib qolayotgani aytilgan.
«O‘zbekiston» va «Yoshlar» telekanali nomlari tilga olib o‘tilgan.
«Ura-urachilik zamoni o‘tdi. Televizorda tanqidiy va tahliliy materiallar berish kerak. Odam ko‘rsatuvlarni sog‘inib kutishi kerak. «Axborot» ko‘rsatuvini o‘zgartirishimiz kerak», degan prezident.
Mavzuga oid
15:16 / 14.10.2025
Soliqlar vaqtida to‘langan mahallalarga «Tashabbusli budjet»da qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi
15:09 / 14.10.2025
Mahalla hududidagi ayrim jarimalarning 10 foizi mahalla budjetiga yo‘naltiriladi
14:40 / 14.10.2025
33 ta tumanga 100 milliard so‘mdan ajratiladi
15:37 / 30.07.2025