Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rulda SMS yozish AQShda 13 kishining umriga zomin bo‘ldi
Amerikaning Texas shtatida Baptistlar cherkovining mikroavtobusi bilan to‘qnashib ketgan pikap haydovchisi YTHdan avval telefon orqali qisqa matnli xabarlarni yozgan. O‘sha mudhish hodisa oqibatida 13 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi guvohning so‘zlariga tayangan holda.
Agentlikka ko‘ra, YTH shohidi Jodi Kuchler pikapning ortida harakatlangani, bu vaqtda pikap yo‘lda u yoqdan bu yoqqa borib kelgani haqida hikoya qilgan. Kuchlerning aytishicha, u YTHdan so‘ng, pikap haydovchisi bilan suhbatlashganida, aybdor mashina boshqarayotganda SMS yozganini tan olgan.
Baptistlar cherkoviga tegishli avtotransport vositasi va pikap o‘rtasidagi to‘qnashuv 29 mart kuni sodir bo‘lgan. Politsiya m'lumotlariga ko‘ra, cherkov mashinasida 14 nafar keksa yoshdagi kishi, pikapda faqat haydovchi bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:11 / 26.02.2026
2025 yilda AQShdan chiqib ketganlar soni kirib kelganlar sonidan oshdi – OAV
18:57 / 26.02.2026
Kubaga «hujum qilgan» bosqinchilar o‘ldirildi. AQShning kommunist qo‘shnisida nimalar bo‘lyapti?
16:49 / 26.02.2026
Toshkentda BMW rulidagi o‘smir YPX xodimini urib yubordi
15:05 / 26.02.2026