Jahon | 08:58 / 01.04.2017
12916
2 daqiqa o‘qiladi

Chexiyaning elchisi "rafiqasini jilovlay olmagani" sabab xorijdagi ishidan mahrum bo‘ldi

Chexiyaning Shveytsariya va Lixtenshteyndagi elchisi Karel Boruvka o‘z rafiqasining ijtimoiy tarmoqlarda bildirgan fikrlari sababli xorijdagi ishidan mahrum bo‘ldi. Unga 30 aprelgacha uyga qaytish buyurilgan.

Praganing Lidovky portaliga elchining ma'lum qilishicha, u Chexiya tashqi ishlar vazirligiga "hech qanday asoslarsiz" o‘tkazilishi haqida bildirishnoma olgan. Biroq uning aytishicha, Chexiya tashqi ishlar vaziri Lubomir Zaoralek u bilan yozishmalarda uni o‘zining rafiqasini ijtimoiy tarmoqlarda "jilovlay olmaslikda" ayblagandi.

"Aynan shu holat mening shoshqaloqlik bilan bo‘shatilishimga sabab bo‘lgan", deb aytgan elchi.

Gap shundaki, turmush o‘rtog‘i kabi Chexiya sotsial-demokratik partiyasi a'zosi bo‘lgan elchining rafiqasi Alena Boruvkova tvitterda partiyadoshlari, taniqli jurnalistlar, hattoki turmush o‘rtog‘i rahbariyatini ham keskin tanqid ostiga olib kelgan. 

"Bunga aql bovar qilmaydi. Chexiya diplomatiyasida bunga o‘xshash hodisani eslay olmayman. Bu tashqi ishlar vazirligi xodimi hisoblanmaydigan, alohida shaxs bo‘lgan rafiqamning shaxsiy huquqi", deb e'tiroz bildirgan elchi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid