Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada elektr korxonasi rahbari 415 million so‘mni o‘zlashtirdi
Farg‘ona viloyati Toshloq tumani elektr korxonasi rahbari boshchiligidagi jinoiy guruh 415 million so‘mdan oshiq mablag‘ni o‘margan. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.
Ma'lum qilinishicha, jinoiy guruhga elektr korxonasi rahbari bilan birga uning o‘rinbosari, bosh hisobchi va bosh muhandis kirgan. Elektr korxonasi rahbarlari uch yil davomida “Uzpaynet” shoxobchasiga fuqarolardan to‘lov sifatida topshirilgan naqd pulni o‘zlashtirib kelgan. Kirim qilinmasdan o‘zlashtirilgan kvitansiyalar soni 6000 ga yaqin ekani ma'lum qilingan. Elektr korxonasi rahbarlari, shuningdek, ulgurji va chakana iste'molchilardan qarzlarni undirishga ham loqaydlik qilgan.
Xabarga ko‘ra, Toshloq tumani elektr korxonasi rahbarlariga davlat yetkazilgan 415 million so‘m mablag‘ni qaytarish majburiyati yuklanib, ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026