Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada "Boko xaram" jangarilari 21 nafar qizni o‘g‘irlab ketishdi
Nigeriyada faoliyat yurituvchi "Boko xaram" radikal guruhi ushbu haftada mamlakatning shimoli-sharqiy qismiga 2 marta yurish qilib, 21 nafar ayol-qizlarni o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda Agence France-Presse xabar qilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ilk hujum 30 mart kuni Kamerun bilan chegaradosh qishloqlardan biriga uyushtirilgan. Mahalliy jamoatchilik vakilining so‘zlariga ko‘ra, guruh jangarilari 17 yoshgacha bo‘lgan 14 qizni o‘g‘irlagan.
Ikkinchi o‘g‘irlik Chad ko‘li sohillaridagi aholi punktida qayd etilgan. Agentlikning yozishicha, jangarilar pul to‘lashni istamagan cho‘ponni o‘ldirib, uning oilasidan 4 nafar ayollarni o‘zlari bilan olib ketishgan.
"Boko xaram" – Nigeriya shimoli va shimoli-sharqida faoliyat yurituvchi radikal kayfiyatdagi guruhdir. Ular Nigeriya hududida Islom xalifaligini tashkil etishni masad qilganlarini iddao etishadi. 2015 yil martida guruh IShIDga sodiqligi bo‘yicha qasamyod qilgan.
Mavzuga oid
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
08:44 / 03.01.2026
Nigeriyada YTH: Entoni Joshuaning haydovchisiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
09:54 / 22.12.2025