Jahon | 16:09 / 01.04.2017
4084
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya yaqin orada Suriyadagi qo‘shinlarini olib chiqmaydi

Suriyadagi mahalliy kuchlar nazoratni o‘z ixtiyorlariga olmaguncha, turk qo‘shinlari ushbu arab davlatida qoladi. Turkiya TIV rahbari Mavlut Chavusho‘g‘li shunday bayonot berdi. 

Turkiya armiyasi 2016 yil 24 avgust oyidan IShID terrorchilariga qarshi "Frot qalqoni" harbiy amaliyotini o‘tkazib keladi. U Suriya muxolifati bilan hamkorlikda Suriya shimolidagi Jarablus chegara shahrini egalladi. Keyinroq, Al-Bob turklar nazoratiga o‘tdi. 29 mart kuni Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim amaliyotning muvaffaqiyatli yakunlangani haqida bayonot berib, zarur bo‘lib qolganda, yangi amaliyot o‘tkazilishi haqida ham ma'lum qilinishini aytgandi. 

Chavusho‘g‘li, shuningdek, AQShning suriyalik kurdlar o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlari bilan hamkorlik qilayotgani yuzasidan Anqara xavotirlarini bildirgan edi. Turkiya rahbariyat kurd kuchlarini Kurdiston ishchi partiyasi bilan aloqador terrorchilik tashkiloti deb biladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid